Everything.kz

YOMON BO'LSAM.

YOMON BO'LSAM. Alamim bor nomardlardan, Charchadim ko'p yolg'onlardan, Yomon bo'ldim g'iybatlardan, Yomon bo'lsam uzoq yuring. Sizga ozor yetmasin hech. Yomon so'zdan tilim tiysam, O'zi onda sonda kulsam, Yomon bo'ldim endi bilsam, Yomon bo'lsam uzoq yuring. Sizga ozor yetmasin hech. Meni yomon demang do'stim, Yomonlarda bordir qastim, Haqiqatga bo'lay taslim, Yomon bo'lsam uzoq yuring. Sizga ozor yetmasin hech. Topganim oz ammo halol, Nopok yo'lni umri zavol, Yomonmanmi qiynar savol, Yomon bo'lsam uzoq yuring. Sizga ozor yetmasin hech. Boylik dardi sizda bo'lsa, Mendan biroz ko'ngil uzing. Gar giybatlar yomon desa, Yomon bo'lsam uzoq yuring. Sizga ozor yetmasin hech. Ko'p yaxshilik qilganim rost. Do'stga sodiq bo'lganim rost. Yomondan yuz burganim rost. Yomon bo'lsam uzoq yuring. Sizga ozor yetmasin hech.
Эта статья была автоматически добавлена из сообщества ✿MehriboniM✿ (Ўзбекона фикрлар-Узбекские мысли)