Everything.kz

Ey do‘stlarim dilda dardim ko‘p aytmoqqa, Tugma topib qaday desam, yirtiq yoqa,...

Ey do‘stlarim dilda dardim ko‘p aytmoqqa, Tugma topib qaday desam, yirtiq yoqa, Etmish hunar kamlik qildi kun ko‘rmoqqa, Ming ko‘chaga boshlab kirdi yigitchilik. Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Yillar oldi qaynoq yoshlik zavolini, Olmasaydim orzularning uvolini. Juda og‘ir ko‘tarmoq dil malolini, YAxshini ham yomonni ham mana ko‘rdik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Tirikchilik deb kirmadik ne yo‘llarga, YOmg‘irdan qochib uchradik biz do‘llarga, Taqdirimizni topshirdik yot qo‘llarga, Bitta emas, o‘nta emas biz ko‘pchilik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Maqtayvermang hadeb soxta qadrimizni, Erta kimdir titmasmikan qabrimizni, Kimlar zimdan sinamoqda sabrimizni, Do‘stu dushman orasida sovuqchilik- Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Avval boshqa hozir boshqa zamon demang, O‘zni yaxshi boshqalarni yomon demang, Or nomusin sotganlarni yolg‘on demang, Mahalliychilik bor yo o‘zbekchilik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Kimlargadir ko‘rinyapmiz qulga o‘xshab, Nafsimiz deb qolayapmiz yovga o‘xshab, Talashamiz o‘rmondagi ovga o‘xshab, Qayga ketdi axdu paymon sherikchilik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Tinglamasak axir ko‘ngil nidosini, Kuygan yurak berar bir kun sadosini, Ba’zan kiydik munofiqlik libosini, Yo‘q narsani bor deb gapni ko‘pirtirdik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Ilmin sotdi tuppa-tuzuk yurgan olim, Bir pul uchun mulla bo‘ldi hatto zolim, Birov jonim deb yig‘laydi, birov molim, Ayting do‘stlar bilmadim bu ne ko‘rgulik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Qorin to‘ysa, paymona ham to‘lmaydiku, Sabr qilsa odam axir o‘lmaydiku, Bo‘yin tovlab bunday yashab bo‘lmaydiku, Turmush asli to‘rt mush ekan-o‘likchilik- Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Hech kim boqmas kimsan naslu nasabingga, Ota chidar nodon o‘g‘il asabiga, Bundayfarzand uchrar Allox g‘azabiga, Ildizimiz yarmi xasta, yarmi chirik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik. Netay, axir tilkalar bir tig‘ ko‘ksimni, Haq talashib yuz ko‘rmasdir og‘a-ini, Gunohkor deb aytolmayman biror kimni Qaysi yurtda ter to‘kadi el bizchalik, Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.......
Эта статья была автоматически добавлена из сообщества ✿MehriboniM✿ (Ўзбекона фикрлар-Узбекские мысли)